
2024-yil 16-oktyabrda kasbiy ta`lim sohasida institutsional yaxlitlikni ta`minlash va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro ta`lim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh o`rta bo`g`in kadrlarni tayyorlash tizimini isloh qilish madsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kasbiy ta`limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta`lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar optimallashtirilib ularning negizida barcha darajalar va yo`nalishlar bo`yicha mutaxassis tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog`i tashkil etildi.
Farmonga asosan endi kasbiy ta`lim tashkilotlarining akademik mustaqilligini ta`minlash hamda ularning iqtisodiyot tarmqlari talablari talablariga mos kadrlar tayyorlash imkoniyati kengaytirildi.Shuningdek, kasbiy ta`lim tashkilotlari o`quv jaroyoniga xalqaro ta`lim dasturlari joriy qilinadi. Kasbiy ta`lim tashkilotlari bitiruvchilarining ko`nikma va kompetensiyalarini baholash tizimi tubdan yangilanadi.
Texnikumlarda o`qish muddatlari va davomiyligi kasb murakkabligi va o`quvchining ta`lim darajasiga qarab belgilanadi.
Boshlang`ich kasbiy ta`lim dasturlari bo`yich kadrlar tayyorlash umumiy o`rta ta`lim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan o`quvchilar uchun davlat granti asosida, umumiy o`rta ma`lumotga ega bo`lgan boshqa talabgorlar uchun davlat granti va to`lov kontrakt asosida tashkil etiladi.
O`rta maxsus kasbiy ta`lim dasturlarining bitiruvchilariga o`zlashtirgan modullari, to`plagan kreditlari va oliy ta`lim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar o`rtacha qiymatidan kelib chiqib, bakalaviriatning tegishli bosqichidan o`qishni davom ettirishga ruxsat etiladi.
2025/2026-o`quv yilidan boshlab G`uzor tuman 3-son politexnikumi (G`uzor energetika sanoati texnikumi)da xalqaro ta`lim dasturi joriy qilinadi. Bunda talabalar Ishlab chiqarish muhandisligi (Elektrotexnika va elektronika muhandisligi), Ishlab chiqarish muhandisligi (Metallarga ishlov berish), Axborot texnologiyalari (kompyuter grafikasi va dizayn operatori), Ishlab chiqarish muhandisligi (raqamli mihandislik) Pearson BTEC kvalifikatsiyalarida tahsil olishadilar. Xalqaro ta`lim dasturlari doirasida o`quchilarni xorijiy tillarga o`qitish tashkil etiladi. Texnikum bitiruvchilariga 70 ta davlat tan oladigan diplom beriladi.